O‘zbekistonda fitosanitariya talablariga javob bermagan qariyb 1 tonna mahsulot yo‘q qilindi

O'zbekiston

Olti oyda eksport qilgan mahsuloti fitosanitar talablarga javob bermagani uchun 14 ta davlatga 143 ta e’tiroznoma (notifikatsiya) yuborilgan. 9 000 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarilgan.

O‘zbekistonda fitosanitariya talablariga javob bermagan qariyb 1 tonna mahsulot yo‘q qilindi
O‘tgan olti oyda fitosanitariya talablariga javob bermagani uchun salkam 1 tonna va 249 931 dona mahsulot yo‘q qilindi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot kotibi Sabina Sadinova ma’lum qildi.

Unga koʻra, fitosanitar talablarga javob bermagani uchun 14 ta davlatga 143 ta e’tiroznoma (notifikatsiya) yuborilgan. 9 000 dona zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarilgan.

Joriy yilda 519 ming gektar maydonda zararli chigirtka o‘choqlariga qarshi kimyoviy ishlov bashorat qilinib, 493 ming gektar maydonda kimyoviy ishlov ishlari o‘tkazilgan. Tut parvonasi zararkunandasiga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkazish uchun 2023-yilda respublika byudjetidan 11 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing