O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi: Yalpi ichki mahsulot hajmi oshdi

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda birinchi marta yashirin va norasmiy iqtisodiyotni baholash amalga oshirildi. Natijalarga ko‘ra, 2023 yilda mamlakatning YAIM hajmi qo‘shimcha 10,7 milliard AQSH dollariga oshib, 101,6 milliard dollarga yetdi.

O‘zbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi: Yalpi ichki mahsulot hajmi oshdi
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, norasmiy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 26 trillion so‘mga oshgan. Bu ko‘rsatkichlar xizmatlar, qurilish va sanoat tarmoqlaridagi iqtisodiy faollikni aks ettiradi. Xizmatlar sohasida 6,7 trillion so‘m, qurilishda 14,3 trillion so‘m, sanoatda esa 4,9 trillion so‘m qo‘shimcha qiymat baholandi.

Shu asosda, 2023 yil uchun O‘zbekiston YAIM hajmi qo‘shimcha 125,6 trillion so‘mga oshib, umumiy hisobda 1 192,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa qo‘shimcha 3,4 million so‘mga oshib, 32,7 million so‘mga yetdi.

Bu natijalar yashirin iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini ochib berdi va davlat statistika organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing