O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2024-yilda 8,9 foizga kamaydi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2024-yil yakunlari bo‘yicha xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi. Mazkur hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yildagi 11 foiz ko‘rsatkich 2024-yil oxiriga kelib 8,9 foizga tushdi. Bu esa kambag‘allik darajasining 3,3 million kishiga teng ekanligini bildiradi, ya’ni 2023-yilga nisbatan 719 ming kishiga kamaygan. Ushbu natijalar Jahon banki bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida aniqlandi.
Kambag‘allik darajasining sezilarli pasayishi kuzatilgan hududlar:
Buxoro viloyati – 11,8 foizdan 8,7 foizgacha kamaydi;
Samarqand viloyati – 10,5 foizdan 7,5 foizgacha tushdi;
Namangan viloyati – 10,4 foizdan 7,6 foizgacha qisqardi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 13,6 foizdan 10,8 foizgacha pasaydi.
2024-yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kambag‘allik darajasining pasayishiga katta hissa qo‘shdi.
Buning natijasida 2024-yilda aholining real daromadi 10,7 foizga oshdi. Natijada jon boshiga o‘rtacha oylik daromad 2,1 million so‘mga yetdi (yil boshida bu ko‘rsatkich 1,7 million so‘m edi).
Aholi daromadlari tarkibi (2024-yil):
Ish haqi – 42,6% (2023-yilda – 41,9%);
Tadbirkorlikdan daromad – 22,9% (2023-yilda – 21,4%);
Pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2% (2023-yilda – 18,9%);
Qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromad – 10,7% (2023-yilda – 9,8%);
Xorijdan pul o‘tkazmalari – 2,0% (2023-yilda – 3,1%);
Boshqa daromadlar – 3,6% (2023-yilda – 4,9%).
Xususan, aholining ish haqidan tushgan daromadlari 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga oshgan.

Powered by Froala Editor