O'zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi

O'zbekiston

“Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funktsionalligini baholash tartibi joriy etiladi.

O'zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi
“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori (PQ-257-son, 16.07.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanalida xabar berildi.

Qarorga koʼra, 2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, 2025 yil 1 sentyabrgacha respublikaning qolgan hududlarida fuqarolarga nogironlikni belgilash boʼyicha YIDXP, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) koʼrigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yoʼllash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi;

Shuningdek, “Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funktsionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2025 yil 1 sentyabrgacha nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi

Shaxs sogʼligʼining holatiga koʼra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega boʼlmaganda sogʼligʼining holati va funktsionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda boʼlgan statsionarda oʼtkaziladi

2024 yil 1 oktyabrdan ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulьmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing