O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

O'zbekiston

Qurbon hayiti namozi Toshkent shahrida soat 05:15 da o‘qiladi.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi
O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun kuni nishonlanadi. Musulmonlar idorasi respublika bo‘ylab Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

• Andijon viloyati — 05:10;
• Namangan viloyati — 05:10;
• Farg‘ona viloyati — 05:10;
• Toshkent shahri — 05:15;
• Toshkent viloyati — 05:20;
• Sirdaryo viloyati — 05:25;
• Jizzax viloyati — 05:30;
• Samarqand viloyati — 05:35;
• Navoiy viloyati — 05:40;
• Qashqadaryo viloyati — 05:40;
• Buxoro viloyati — 05:40;
• Surxondaryo viloyati — 05:40;
• Xorazm viloyati — 05:50;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 05:50.

“Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 20−25 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar Qurbon hayiti bayrami arafasida ketma-ket 5 kun — 28-iyundan 2-iyulgacha dam oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing