O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi
O'zbekiston
Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida savdo, investitsiya va madaniy aloqalarda yangi imkoniyatlar ochadigan ikki yillik hamkorlik dasturi imzolandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov britaniyalik hamkasbi Devid Lemmi bilan uchrashdi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilib, 2025-yilga mo‘ljallangan strategik muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan kun tartibini kelishib oldilar.
O‘zaro savdoni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, global xavf-xatarlarga birgalikda javob berishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirishga sodiqligini tasdiqladilar.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Bitim barqaror va o‘zaro manfaatli sheriklik uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor