Centrum Air ikkita yangi Airbus A321neo samolyotiga ega bo‘ladi
O'zbekiston
Centrum Air AerCap Holdings N.V. — aviatsiya lizingi bo‘yicha jahon yetakchisi bilan ikki dona yangi Airbus A321neo samolyoti uchun lizing shartnomalarini imzolaganini e’lon qildi. Havo kemalarining 2027-yil to‘rtinchi choragida yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
«My Freighter’ni AerCap’ning O‘zbekistondagi birinchi mijozi sifatida qutlashdan va mahalliy aviatsiya sohasining rivojlanishi, shuningdek, Toshkentning Sharq va G‘arbni bog‘lovchi muhim hab sifatida shakllanishini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz, – dedi AerCap tijorat direktori Piter Anderson. – Yuqori yoqilg‘i tejamkorligi ва oshirilgan parvoz masofasi tufayli Airbus A321neo My Freighter va uning yo‘lovchi bo‘linmasi hisoblangan Centrum Air’ning yangi bozorlarga chiqishida rivojlanish drayveri bo‘ladi. My Freighter jamoasiga muvaffaqiyatlar tilaymiz hamda uzoq muddatli va samarali hamkorlikka umid qilamiz».
«Rivojlanish yo‘limizdagi navbatdagi qadamni AerCap bilan birga qo‘yayotganimizdan mamnunmiz, – dedi Centrum Holding boshqaruv raisi va CEOsi Abdulaziz Abdurahmonov. – Airbus A321neo’ning parkimizda paydo bo‘lishi operatsion imkoniyatlarimizni mustahkamlab, xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish, jumladan, Yevropa reyslarini yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatlaydi. A321neo’ning kuchaytirilgan samaradorligi va oshirilgan parvoz masofasi yo‘lovchilarimizga ko‘proq qulaylik va yangi yo‘nalishlar taklif qilish imkonini beradi, shu bilan birga, O‘zbekistonning dunyodagi muhim bozorlarga aloqadorligini kuchaytiradi».
«Yangi avlod samolyotlariga sarmoya kiritish O‘zbekiston aviatsiya sanoati kelajagiga sarmoya deb hisoblaymiz. A321neo nafaqat xalqaro kengayishimizni qo‘llab-quvvatlaydi, balki Toshkentning Osiyo va Yevropadagi asosiy iqtisodiyotlarni bog‘laydigan tez rivojlanayotgan markaz sifatidagi mavqeini ham mustahkamlaydi. Ushbu kelishuv butun dunyo bo‘ylab yo‘lovchilar va hamkorlar O‘zbekistonni global sayohatlar uchun ishonchli va zamonaviy darvoza sifatida ko‘rishini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli maqsadimiz sari qo‘yilgan yana bir qadamdir», – deya izoh berdi Centrum Holding aksiyadori Hafizjon Gafurov.

Powered by Froala Editor