Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron retseptlar bo‘yicha 24/7 liniyani ishga tushirdi
O'zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron retseptlarni rasmiylashtirish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha 24 soat ishlaydigan koll-markazni ishga tushirdi. Ishonch telefoni qisqa 1003 raqami orqali kunu tun faoliyat yuritadi.
Operatorlar Toshkent shahri aholisi, shuningdek elektron retseptlar tizimini joriy etishning birinchi bosqichida ishtirok etayotgan 15 ta pilot shahar va tumanlardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilmoqda. Koll-markaz mutaxassislari shikoyat va takliflarni qayd etish bilan birga, elektron retseptlarni olish, rasmiylashtirish va ulardan foydalanish tartibini batafsil tushuntirib bermoqda.
Vazirlikda ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus aholiga axborot yetkazishni osonlashtirish va dori-darmonlarni raqamli tizim orqali tayinlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni kamaytirishga qaratilgan.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron retseptlar asosida dori berish va olish bilan bog‘liq murojaatlar uchun maxsus Telegram-botni ham ishga tushirgan edi.

Powered by Froala Editor