Toshkent global turizm aloqalarini kuchaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston turizm sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda — Toshkentda “UN Tourism” rahbariyati bilan muhim muzokaralar o‘tkazildi.
Toshkentda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Akkulov hamda “UN Tourism” bosh kotibi Shaykha Nasser Al Nowais o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ochiqlik va xalqaro hamkorlikni kengaytirish siyosati doirasida o‘tkazildi. Unda barqaror turizmni rivojlantirish, mamlakat imijini mustahkamlash va xalqaro maydondagi pozitsiyalarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish va madaniy diplomatiyani kuchaytirishga qaratilgan. Madaniy va tadbir turizmi iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va investitsiyalarni jalb etishda muhim omil sifatida qaralmoqda.
2030-yilgacha rivojlanish strategiyasi doirasida turizm iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biri sifatida belgilangan. Shu bois “UN Tourism” bilan hamkorlik xalqaro standartlarni joriy etish, sohani raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Tomonlar ta’lim dasturlari, an’anaviy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ham muhokama qildilar. Bu tashabbuslar turizm jozibadorligini oshirish bilan birga milliy o‘zlikni saqlashga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyorlik bildirildi. Bu O‘zbekistonning global turizm tizimiga integratsiyalashuv yo‘lidan dalolat beradi.

Powered by Froala Editor