Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston va Ozarbayjonni alohida do‘stlik rishtalari bog‘laydi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston va Ozarbayjonni nafaqat davlatlararo munosabatlar, balki ikki xalqning o‘zaro yaqinligi bilan mustahkamlangan alohida do‘stlik rishtalari bog‘lab turishini ta’kidladi. U bu fikrlarni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bildirdi.
Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, ikki mamlakatning umumiy tarixi, madaniyati va an’analari o‘zaro aloqalarning mustahkam asosini tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu munosabatlar infratuzilmadan tortib investitsiyalargacha bo‘lgan turli yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalar bilan yanada boyib bormoqda.
“Bizning mamlakatlarimizni alohida do‘stlik bog‘lab turadi. Bu nafaqat davlatlararo munosabatlarda, balki xalqlarimizning bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabatida ham yaqqol seziladi”, — deb yozdi u.
Prezident Administratsiyasi rahbari 23 avgust kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaga alohida e’tibor qaratdi. Hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan.
Saida Mirziyoyeva shartnomaning nomi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi mohiyatini aniq ifodalashini ta’kidlab, Ozarbayjon Prezidentining tashrifini ikki tomonlama aloqalardagi yana bir muhim sahifa sifatida baholadi.
“Ozarbayjonlik do‘stlarimizni O‘zbekistonda ko‘rishdan mamnunmiz. Sizlarni har doim kutib qoladigan yurtda xush kelibsiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Powered by Froala Editor