Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi o‘tkazilmoqda. Davlat rahbari yig‘ilganlarni mustaqillik bayramining 35 yilligi bilan tabriklab, so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qayd etdi.
“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr. Ammo o‘tgan yillar o‘z ko‘lami, erishilgan yutuq va natijalari jihatidan bir asrlik davrga teng bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi”, — dedi Prezident.
Mirziyoyevning ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlarning asosiy bunyodkorlari — mehnatkash va fidoyi yurtdoshlardir. U fermerlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, olimlar, sanoatchilar, tadbirkorlar, quruvchilar va me’morlar, shuningdek, madaniyat, san’at va sport sohasi vakillarining hissasini alohida qayd etdi.
Prezident mustaqillik kuchi davlat xizmatchilari, harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining faoliyatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Ular islohotlarni amalga oshirish, mamlakatda jamoat tartibi va tinchlikni ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
Ma’rifatparvarlar va hududlarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan faollar faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
“Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi — o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorlik hissini tuyadigan jamiyatdir!” — dedi davlat rahbari.
So‘nggi o‘n yillikdagi iqtisodiy natijalar haqida gapirar ekan, Mirziyoyev ushbu davrda O‘zbekistonga $160 mlrddan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilinganini ta’kidladi. Mamlakat iqtisodiyoti 2,5 barobardan ko‘proq o‘sdi. 2026-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi $180 mlrddan oshishi kutilmoqda.
So‘nggi o‘n yil davomida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5,7 mln doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1,2 mln o‘rinli maktablar, 342 ming o‘rinli bog‘chalar va 62 ming o‘rinli shifoxonalar foydalanishga topshirildi.
Shu davrda 83 ming kilometr ichki umumiy foydalanishdagi yo‘llar qurildi va ta’mirlandi. Markazlashgan suv ta’minoti tizimi hududlarda 8 mln kishini ichimlik suvi bilan ta’minladi, yana 11,5 mln kishining suv ta’minoti yaxshilandi.
O‘tgan o‘n yillikda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joy bilan ta’minlandi.
Prezident yurtdoshlarning fidokorona mehnati uchun chuqur minnatdorlik bildirib, mamlakat inson qadr-qimmati, adolat va taraqqiyot ustuvor bo‘lgan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan dadil borayotganini qayd etdi.

Powered by Froala Editor