O‘zbekiston va Qirg‘iziston sud tizimlarini raqamlashtirishni jadallashtirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston raqamli odil sudlovni rivojlantirish hamda sud tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. Muzokaralar 24-avgust kuni Qirg‘iziston delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Robaxon Mahmudova Qirg‘iziston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari Nurlan Musayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Tomonlar sud tizimlarini raqamli transformatsiya qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va amaliy tajriba almashish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvda “Raqamli sud” konsepsiyasiga alohida e’tibor qaratildi. U elektron sudlovni kengaytirish, my.sud.uz portali va uning mobil ilovasini takomillashtirishni nazarda tutadi. Istiqbolda sudlarga elektron shaklda yuboriladigan murojaatlar ulushini 50 foizga yetkazish, sud majlislarini esa audioyozuv orqali qayd etish rejalashtirilgan.
Qirg‘iziston tomoni odil sudlovni raqamlashtirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan bo‘lishishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Qirg‘iziston delegatsiyasiga O‘zbekistonda avgust oyida tasdiqlangan “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari taqdim etildi. Strategiya fuqarolar uchun yanada ochiq va adolatli sud tizimini shakllantirish, inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda sudlar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan.
Muzokaralar yakunida tomonlar sud organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va raqamli odil sudlov sohasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor