Orion yo‘lda: tarixiy Oy parvozi boshlandi

Dunyo

Yarim asrdan ko‘proq vaqt o‘tgach, insoniyat yana Oyga yo‘l oldi — NASA Artemis II missiyasini muvaffaqiyatli ishga tushirdi.

Orion yo‘lda: tarixiy Oy parvozi boshlandi
AQShning kosmik agentligi NASA Oyga yo‘naltirilgan Artemis II pilotli missiyasini amalga oshirdi. Start Florida shtatidagi kosmodromdan amalga oshirildi.

Orion spacecraft kosmik kemasi bortida to‘rt nafar astronavt bilan 10 kunlik parvozga yo‘l oldi. Missiya doirasida kema Oy atrofida aylanib, Yerga qaytadi, qo‘nish rejalashtirilmagan.

Startdan biroz oldin texnik nosozlik aniqlangan bo‘lsa-da, mutaxassislar uni tezda bartaraf etdi va uchirish muvaffaqiyatli o‘tdi.

Artemis II — so‘nggi 54 yil ichida Oyga amalga oshirilgan ilk pilotli parvozdir. Oxirgi shunday missiya 1972-yilda Apollo program doirasida amalga oshirilgan edi.

Mazkur parvoz kelajakdagi Oyga qo‘nish missiyalari va chuqur kosmosni o‘rganish yo‘lida muhim bosqich hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing