BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan parlamentlarning ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi
O'zbekiston
24-iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni dunyoning barcha mintaqalaridan BMTga a’zo 61 davlat hammuallif sifatida qo‘llab-quvvatladi.
Loyiha muhokamasi chog‘ida O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov ushbu tashabbus mamlakatning global ijtimoiy rivojlanish kun tartibini ilgari surish hamda xalqaro hamkorlikning parlament yo‘nalishini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi ekanini ta’kidladi.
Rezolyutsiyada 2030-yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlarning qonunchilikni takomillashtirish, ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, munosib bandlikni ta’minlash, sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy integratsiyani qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni alohida qayd etilgan. Shuningdek, ayollar va yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, raqamli transformatsiya imkoniyatlaridan foydalanish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
Hujjatda Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi va Ijtimoiy rivojlanish hamda ijtimoiy adolat yo‘lida parlament harakatlari to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilingani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Rezolyutsiya davlatlarni 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish va monitoring qilish jarayonlariga parlamentlarni faolroq jalb etishga, jumladan, ixtiyoriy milliy sharhlarni tayyorlash, parlament nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy statistika tizimlarini takomillashtirishga chaqiradi.

Powered by Froala Editor