Bishkekda «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobining qirg‘iz tilidagi nashri taqdim etildi
O'zbekiston
Senator Qudratilla Rafikovning «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» nomli kitobining qirg‘iz tilidagi nashri Bishkek shahridagi Aalyqul Osmonov nomidagi Milliy kutubxonada taqdim etildi. Tadbirda O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlari, ilmiy hamjamiyat hamda madaniyat sohasi vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Husan Ermatov boshchilik qildi. Taqdimot davomida kitob mazmuni, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar ushbu nashrni zamonaviy islohotlarga bag‘ishlangan tahliliy asar sifatida baholab, kitobning qirg‘iz tilida chop etilishi ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Chingiz Aytmatov uy-muzeyi va Xotira maydonini ham ziyorat qilib, ushbu maskanlar faoliyati bilan tanishdi.

Powered by Froala Editor