Yosh yulduz: o‘zbekistonlik shaxmatchi dunyoni zabt etmoqda

Sport

O‘zbekiston shaxmatida yangi tarixiy yutuq qayd etildi: 11 yoshli sportchi xalqaro FIDE unvonini qo‘lga kiritib, mamlakat tarixidagi eng yosh unvon sohibalaridan biriga aylandi.

Yosh yulduz: o‘zbekistonlik shaxmatchi dunyoni zabt etmoqda
Yosh shaxmatchi Husnoraxon Husnitdinova yuqori sport natijalari uchun FIDE tomonidan beriladigan nufuzli Women FIDE Master (WFM) xalqaro unvoniga sazovor bo‘ldi.

Sportchi ushbu unvonni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston tarixidagi eng yosh shaxmatchilardan biri bo‘lib, xalqaro maydonda o‘zining yuqori darajadagi o‘yinini tasdiqladi.

WFM unvonini qo‘lga kiritish shaxmatchi uchun professional rivojlanish va nufuzli turnirlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Husnoraxonning muvaffaqiyati uning iste’dodi, tizimli tayyorgarligi va rivojlanishida muhim rol o‘ynagan murabbiylar qo‘llab-quvvatlovi natijasidir.

Avvalroq, 2023 yilda u Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing