Tramp AQShning Eron bilan mojaro bo‘yicha keyingi harakatlari uchun uchta ssenariyni ma’lum qildi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan mojaro bo‘yicha keyingi harakatlarning uchta variantini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Ular amaldagi strategiyani davom ettirish, Eronga yangi kuchli zarba berish yoki iqtisodiy bosimni kuchaytirishni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Tramp siyosiy sharhlovchi Ueyn Rutga bergan intervyusida aytdi.
«Bizda uchta strategiya bor. Hozir qilayotganimni davom ettirish — shu yo‘nalishda harakat qilish… Yoki ularga juda, juda kuchli zarba berish. Yoki ularni iqtisodiy jihatdan mag‘lub etish, lekin biz buni allaqachon qilyapmiz», — dedi Tramp.
AQSh prezidenti amaldagi strategiya, jumladan, Eronga nisbatan iqtisodiy bosim va Ormuz bo‘g‘ozi hududidagi kemalar qatnovi ustidan nazorat samarali ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning iqtisodiy ahvoli yomonlashmoqda, milliy valyutasi esa deyarli qadrsizlangan.
Avvalroq Tramp AQSh va Eron o‘rtasida Yaqin Sharq mamlakatlari vositachiligida yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini bildirgan edi. Biroq 9 avgust kuni u muzokaralar to‘liq hajmda olib borilmayotganini aytdi.
Trampning bayonotlari mojaro davom etayotgan va tomonlar yangi kelishuv shartlarini muhokama qilayotgan bir paytda yangradi. Reuters AQSh prezidenti tilga olgan variantlarni, avvalo, iqtisodiy bosimni davom ettirish yoki yangi harbiy zarba berish imkoniyatlari sifatida baholagan.

Powered by Froala Editor