Tailandda siyosiy shok: bosh vazir parlamentni tarqatdi
Siyosat
Tailand bosh vaziri Anutin Charnvirakul parlamentni tarqatib yuborganini e’lon qildi va bu qarorni “hokimiyatni xalqga qaytarish” deb atadi. Qaror hukumat bilan eng yirik muxolifat kuchi — Xalq partiyasi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar fonida qabul qilindi.
Bosh vazir bayonotidan so‘ng qirol Maha Vachiralongkorn parlamentni tarqatish to‘g‘risidagi farmonni tasdiqladi va bu muddatidan oldin saylovlar yo‘lini ochdi. Qonunga ko‘ra, saylovlar 45–60 kun ichida o‘tkazilishi kerak.
Anutin siyosiy jarayon harbiylarning chegara hududlaridagi operatsiyalariga ta’sir qilmasligini ta’kidladi. So‘nggi kunlarda bu hududlarda o‘nlab nuqtalarda to‘qnashuvlar, og‘ir artilleriya qo‘llangan otishmalar kuzatilmoqda.
Siyosiy beqarorlik Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlashgan chegara mojari bilan bir vaqtda yuzaga kelmoqda. To‘qnashuvlar natijasida kamida 20 kishi halok bo‘lgan, taxminan 200 kishi yaralangan.

Powered by Froala Editor