11-12-dekabr kunlari Rimda Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik"-2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Dunyo

Ushbu tadbir doirasidagi uchrashuvlar nomzodlarni har tomonlama o‘rganishga yordam berdi. Shuningdek, ularning o‘zaro hurmat, birdamlikni kuchaytirish hamda inson qadrini ko‘tarish borasidagi xizmatini baholashda muhim bosqich bo‘ldi.

11-12-dekabr kunlari Rimda Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik"-2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli – hamjamiyatlariga salmoqli ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan nomzodlar sifatida o‘zini namoyon etdi.

Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman.

Ishonchim komilki, bizning  jamoaviy qabul qilgan qarorimiz jahonda o‘zaro anglashuv va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing