Centrum Air ayrim yoʻnalishlarda yoqilgʻi yigʻimlari va tariflar darajasiga tuzatishlar kiritdi

O'zbekiston

Centrum Air aviakompaniyasi ayrim xalqaro yoʻnalishlarda yoqilgʻi yigʻimlariga tuzatishlar kiritilganini maʼlum qiladi. Mazkur qaror jahon bozorlarida aviatsiya yoqilgʻisi narxining sezilarli darajada oshishi munosabati bilan qabul qilindi.

Centrum Air ayrim yoʻnalishlarda yoqilgʻi yigʻimlari va tariflar darajasiga tuzatishlar kiritdi
Oʻzgarishlar yoqilgʻi narxining dinamikasi operatsion xarajatlarga eng koʻp taʼsir koʻrsatgan bir qator muntazam yoʻnalishlarga tegishlidir. Yoqilgʻi yigʻimining korreksiyalanishi ortib borayotgan xarajatlarni qisman qoplash va parvozlar dasturining barqaror bajarilishini taʼminlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, aviachiptalarning bazaviy tariflari raqobatbardoshligicha qoladi, kiritilgan oʻzgarishlar esa cheklangan xarakterga ega boʻlib, faqat ayrim belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qoʻllaniladi. Aviakompaniya xarajatlarni optimallashtirish va yoʻlovchilar uchun tashuvlar narxiga tashqi omillar taʼsirini minimallashtirish choralarini koʻrmoqda.

Centrum Air taʼkidlashicha, ushbu qaror parvozlar jadvali barqarorligini saqlash, parvozlar xavfsizligining yuqori darajasini qoʻllab-quvvatlash va aviatsiya yoqilgʻisi narxlari oʻzgaruvchan boʻlgan sharoitda operatsion faoliyat uzluksizligini taʼminlash imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing