Centrum Air Frankfurtga ilk parvozni amalga oshirdi

O'zbekiston

Centrum Air aviakompaniyasi 30-mart kuni Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, rasman o‘zining birinchi Yevropa yo‘nalishini ochdi. Reysning yo‘lga qo‘yilishi aviakompaniyaning xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va Yevropa bozoriga chiqishida muhim bosqich bo‘ldi.

Centrum Air Frankfurtga ilk parvozni amalga oshirdi
Birinchi reys munosabati bilan aeroportda yo‘lovchilarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi: mehmonlar bayramona bezaklar, tort va shirinliklar bilan qarshi olindi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidladi. Inauguratsiya marosimida O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayndagi Bosh konsuli Miranshoh Raupov, Fraport vakili – aviakompaniyalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Kristina Morat, Swissport vakili Hikmet Karakelle, Sky Line Air Services – GSA Centrum Air vakili Mohamed Bayoumi, shuningdek, Centrum Air mintaqaviy vakolatxonalari va xorijiy idoralari koordinatori O‘tkur Alimov ishtirok etdi.

Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi parvozlar haftasiga ikki marta zamonaviy Airbus A321neo havo kemalarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlab, ishbilarmonlik va turistik safarlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing