Toshkent Amir Temurning 690 yilligini tantanali parad bilan nishonladi

O'zbekiston

O‘zbekiston poytaxti bir kun davomida go‘yo tirik tarix sahnasiga aylandi: harbiy bo‘linmalar markaziy ko‘chalardan yurish qilib, buyuk sarkarda davri muhitini jonlantirdi.

Toshkent Amir Temurning 690 yilligini tantanali parad bilan nishonladi
Toshkentda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yurish bo‘lib o‘tdi. Unda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar bo‘linmalari ishtirok etdi.

Yurish yo‘nalishi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan boshlanib, Parkent va Mustaqillik ko‘chalari orqali Amir Temur xiyobonigacha davom etdi.

Saflarda zamonaviy harbiylar bilan bir qatorda tarixiy liboslar kiygan ishtirokchilar ham bo‘lib, ular Amir Temur davriga oid qurollar va jangovar bayroqlarni namoyish etdilar.

Tadbir doirasida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, faxriy qorovul chiqishlari, qo‘l jangi ustalarining namoyishlari hamda harbiy orkestr defilesi tashkil etildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing