Ko‘rfaz davlatlari investorlari O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston xorijiy investorlar muammolarini tezkor hal etishga kirishdi: Ko‘rfaz davlatlarining yirik kompaniyalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qo‘llab-quvvatlash choralari, islohotlar va yangi hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.
3-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakatlari yetakchi kompaniyalari va ularning xalqaro hamkorlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi investorlar faoliyati jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish bo‘ldi.
Muzokaralarda ACWA Power, Masdar, Vision Invest, DataVolt, Saudi Tabreed, TAQA Water Solutions va Metito Utilities kabi yirik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini batafsil ko‘rib chiqib, soliq imtiyozlari va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratdilar. Amaldagi loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, tartibga solish muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, texnik va transport infratuzilmasini rivojlantirish, shaharsozlik me’yorlari hamda yangi quvvatlarni yagona tizimga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ishchi guruhlar tuzildi va investitsiya muhitini yanada yaxshilash uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Powered by Froala Editor