O‘zbekistonda uy-joy fondi 4 yilda 1,3 barobarga kengaydi
O'zbekiston
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha uy-joy fondining umumiy maydoni 703,8 million kvadrat metrga yetdi.
So‘nggi to‘rt yilda bu ko‘rsatkich 1,3 barobarga oshgani kuzatildi. Quyidagi raqamlar yil sayin o‘sish sur’atlarini yaqqol ko‘rsatib turibdi:
2021-yil – 549 mln m²
2022-yil – 636,4 mln m²
2023-yil – 658,4 mln m²
2024-yil – 692,5 mln m²
2025-yil – 703,8 mln m²
Bu o‘sish ko‘plab yangi ko‘p qavatli uylar, xususiy uy-joylar, shuningdek, ijtimoiy turar-joylar barpo etilishi natijasidir. Hukumatning arzon uy-joy dasturlari, ipoteka kreditlari va qurilish sohasidagi islohotlari bu borada muhim rol o‘ynadi.
Shuningdek, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joy infratuzilmasini modernizatsiya qilish va ekologik xavfsiz turar-joy qurilishini ta’minlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor