O‘zbekistonda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisi ochiladi
O'zbekiston
Toshkent Markaziy Osiyoning yangi moliyaviy markaziga aylanmoqda! Yevropa investitsiya bankining O‘zbekistonda mintaqaviy vakolatxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi Toshkent va Bryussel o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi rahbari Antonio Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida tomonlar mamlakatga Yevropa investitsiyalarini jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadigan kelishuvlarni tasdiqladilar.
1958-yilda tashkil etilgan Yevropa investitsiya banki Yevropa Ittifoqining asosiy moliyaviy institutidir. Endi uning Toshkentdagi ofisi O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyo mintaqasida "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya qilish va zamonaviy infratuzilmani barpo etishga ko‘maklashadi.
Bu qadam O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni mustahkamlab, biznes va xalqaro sheriklik uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Powered by Froala Editor