Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistondagi madaniy meros obyektlariga jiddiy ziyon yetkazmoqda
O'zbekiston
Madaniy meros agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyevning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi natijasida O‘zbekistonning qadimiy va tarixiy obyektlariga jiddiy zarar yetmoqda. Bu obyektlarning ko‘pi yog‘och, paxsa, g‘isht va toshdan qurilgan bo‘lib, ularning qurilishi uchun ishlatilgan: loy, sement va boshqa materiallar havo haroratining yuqoriligi sababli namligini yo‘qotib, quriyapti va to‘kilib ketmoqda. Ushbu masala, yaqinda Madaniy meros agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yoritildi.
Tursunali Kuziyev shuningdek, bu muammolarni hal etish maqsadida Xitoydagi maxsus ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik o‘rnatilganini va bu ishlar doirasida Ichan Qal’adagi ikkita yodgorlikni qayta tiklash ishlari amalga oshirilganini aytib o‘tdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonning mutaxassislari Xitoyga yuborilib, ularning tajribasi va texnologiyalarini o‘rganishmoqda.
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha ekspert, arxitektor Fazliddin Davlatovning aytishicha, sho‘rlanish ham madaniy merosga zarar yetkazayotgan asosiy muammolardan biridir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida sho‘rlanish darajasi juda yuqori bo‘lib, bu yerda joylashgan ko‘plab tarixiy binolar xom g‘isht, paxsa va sinchdan qurilgan. Bunday binolarga yer osti suvining sho‘r zaxlari ta’sir qiladi va natijada tarixiy obyektlar yemirilmoqda.
Davlat tomonidan bu muammolarni hal qilish uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Masalan, sho‘rlarni yuvish va poydevorlarni shamollatish kabi chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Biroq, yomg‘ir, shamol va boshqa tabiiy omillar, ayniqsa, arxeologik yodgorliklarning asosiy qismi bo‘lgan Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo viloyatlaridagi paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan tepaliklarni ta’sir qilishda davom etmoqda.

Powered by Froala Editor