Oʻzbekistonda yuzni toʻsadigan kiyim kiyish taqiqlandi

O'zbekiston

Endi jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonunda keltirilgan.

Oʻzbekistonda yuzni toʻsadigan kiyim kiyish taqiqlandi
Hujjatga koʻra, tibbiy ko‘rsatmaga asosan yoki yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq hollarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to‘sgan holda bo‘lishi, shuningdek qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish bundan mustasno.

Shuningdek, jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, xuddi shuningdek bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) rag‘batlantirish BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 6 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing