O'zbekistonga "10 ming qadam" loyihasi yana qaytmoqda
O'zbekiston
Mazkur sog'lom turmush tarzini targ’ib etuvchi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi. Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan boshlab “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida maxsus platforma ishga tushirilib, u orqali bir kun davomida kamida 10 ming qadam yurganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi hamda ularga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

- Davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma;
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʼlgan banklarda isteʼmol kreditini olishda chegirma;
- oilaning barcha voyaga yetgan aʼzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobildan birini yutish imkoniyatini taqdim etish.
Eslatib o'tamiz, 2021-yildan boshlab bir sutkada 10 ming qadam yurganlarga har kuni 3000 so‘mdan pul to‘lash yo‘lga qo‘yilgan edi. 2022-yil yanvar oyida esa piyoda yurganlarga pul berish to‘xtatilib, o‘rniga yangicha rag‘batlantirish tizimi (har hafta 100 million so‘m va mingta velosiped berish) yo‘lga qo‘yilishi va'da qilindi. Oradan uch oy o‘tib esa piyoda yurganlarni rag‘batlantirish tizimi imi-jimida butunlay bekor qilib yuborilgan edi.
Muhokamaga qo‘yilgan Prezident farmoni loyihasi bilan ushbu tizim yana qaytadigan amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Shuningdek, aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini oʼtkazilib, g'olib mahallalar jamg'armasiga quyidagi maqsadlar uchun 500 million so'm ajratiladi:
-bolalar maydonchasini qurish;
-yashil bog' yaratish;
-chiqindi yig'ish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini o'rnatish.

Powered by Froala Editor