O‘zbekistonliklar Ozarbayjonda 15 kun ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin bo‘ladi
Dunyo
Joriy yilning 15-yanvaridan O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida vizasiz rejimning yangi qoidalari kuchga kirdi. Endilikda ikki mamlakat fuqarolari 15 kungacha o‘zlari bo‘lib turgan davlatda ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etildi.
Ma’lum qilinishicha, 1997-yil 18-iyunda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida fuqarolarning vizasiz safar qilish to‘g‘risidagi bitim imzolangan. Endilikda mazkur bitimga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Tegishli bayonnoma 2023-yil 22-avgustda Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida imzolanib, 2024-yilning 15-yanvaridan kuchga kirdi.
Ushbu bayonnoma ikki respublika fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston va Ozarbayjon hududiga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga o‘zlari bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etilishi belgilandi.

Powered by Froala Editor