O‘zbekistonning 2025-yilgi makroiqtisodiy strategiyalari muhokama qilindi
Iqtisodiyot
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil yakuni va 2025-yil uchun belgilangan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning qiyin global sharoitlariga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sish yo‘lidan borayotgani qayd etildi.
Ushbu yig‘ilishda mamlakat iqtisodiyoti 2024-yilning dastlabki 9 oyida 6,6 foizga o‘sgani va sanoat sektori 7 foizga ortgani ma’lum qilindi. Yil yakunigacha esa umumiy o‘sish 6 foizdan oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, oltin-valyuta zaxirasi ilk marotaba 40 milliard dollardan oshganini qayd etish joiz.
Tashqi investorlar O‘zbekiston iqtisodiy siyosatiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirib, 4 milliard dollarlik yevrobondlarning xalqaro bozorga muvaffaqiyatli joylashtirilishi bunga yaqqol dalil bo‘ldi. Natijada, investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33 foizdan oshishi va eksport hajmining 19 foizga ko‘tarilishi kutilmoqda.
2025-yil uchun esa yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va raqobatbardosh bozor yaratish rejalari muhokama qilindi. Mamlakatning har bir sektori bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, davlat budjetini to‘ldirishning asosiy yo‘li soliq ma’murchiligini takomillashtirish ekanligi va bu jarayon tadbirkorlar faoliyatiga aralashmasdan, raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalari orqali amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor