Oʻzbekistonning BMTdagi sobiq vakili Avstriyadagi yangi elchi boʻldi

Siyosat

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibrohimov Vena shahriga keldi.

Oʻzbekistonning BMTdagi sobiq vakili Avstriyadagi yangi elchi boʻldi
Venaga tayinlanishidan oldin u O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi BMTdagi doimiy vakili (2017–2023) lavozimida ishlagan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.

1992-yildan TIV tizimida ish boshlagan. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSh va Koreya Respublikasidagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan. Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.

Baxtiyor Ibrohimov bu lavozimda 2020-2023-yillarda Vena shahrida elchi bo‘lib ishlagan Abat Fayzullayev o‘rnini egalladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing