O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurash tajribasi XMTda namuna qilib ko‘rsatilmoqda
O'zbekiston
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat konferensiyasining 114-sessiyasi tadbirlarida faol ishtirok etdi. Tashrifning markaziy voqeasi — Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Bolalar mehnatiga qarshi qizil kartochka: Marrokashdan amaliy harakatlar sari” mavzusidagi yuqori darajali nufuzli anjumanda o‘zbek tomonining ma’ruzasi bo‘ldi.
T. Norboyeva o‘z chiqishida respublikada bolalar mehnatidan foydalanishga butkul barham berilishi mamlakat rahbariyatining qat’iy siyosiy irodasi, qonunchilikning tubdan modernizatsiya qilingani hamda manzilli ijtimoiy himoya mexanizmlari joriy etilgani tufayli to‘liq ta’minlanganini alohida ta’kidladi. Ushbu ulkan natija yetakchi xalqaro huquqiy institutlar bilan ko‘p yillik yaqin muloqotning samarasi o‘laroq e’tirof etildi.
Konferensiya doirasida Tanzila Norboyevaning Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti (XIBT) Bosh kotibi Roberto Suares Santos bilan muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. XIBT rahbari O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini hamda uning Markaziy Osiyo mintaqasida mustahkamlanib borayotgan nufuzini yuqori baholadi.
Muzokaralar yakunida XIBT tomonidan mamlakatga texnik ko‘mak ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xalqaro ekspertlar O‘zbekistondagi ish beruvchilar birlashmalarining institutsional salohiyatini kuchaytirish hamda milliy mehnat qonunchiligini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga ko‘maklashadi, bu esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida munosib mehnat prinsiplarini ilgari surishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor