O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ketma-ket to‘rtinchi oy kamaydi

Iqtisodiyot

Mamlakatdagi oltin zaxirasi 67,1 mln dollarga kamayib, 23 mlrd 20 mln dollarni tashkil etmoqda. Valyutadagi zaxiralar qoldig‘i esa 9,6 mlrd dollardan iborat boʻlgan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ketma-ket to‘rtinchi oy kamaydi
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari iyul oyida 71,8 mln dollarga kamayib, 2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, 33 mlrd 648,5 mln dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank eʼlon qilgan sharhda keltirilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatdagi oltin zaxirasi 67,1 mln dollarga kamayib, 23 mlrd 20 mln dollarni tashkil etmoqda. Oltinning fizik hajmi ham 0,3 mln troy unsiyaga (9,33 tonna) kamayib, 11,8 mln troy unsiyasini (taxminan 367,02 tonna) tashkil etdi.

Zaxiralarning valyuta qismi 14,9 mln dollarga kamaygan. 1-avgust holatiga koʻra, valyutadagi zaxiralar qoldig‘i 9,6 mlrd dollardan iborat bo‘lgan. Valyutadagi zaxiralarning 1,1 mlrd dollarlik qismi xorijiy banklardan boshqa markaziy banklar, XVJ va XHKBdagi hisoblarga o‘tkazilgan. Xorijiy banklardagi qoldiqlar 7,9 mlrd dollargacha qisqargan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing