«O‘zmetkombinat» Xitoy bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda: yangi metallurgiya va energetika loyihalari

O'zbekiston

«O‘zmetkombinat» AJ keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlarini davom ettirib, metallurgiya va energetika sohalarida Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

«O‘zmetkombinat» Xitoy bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda: yangi metallurgiya va energetika loyihalari
9-avgust kuni Pekin shahrida «O‘zmetkombinat» delegatsiyasi Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev boshchiligida MCC CERI rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyev ishtirokida tomonlar strategik hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Muzokaralar markazida Tebinbuloq temir konini o‘zlashtirish, «Temirkan» konini rivojlantirish hamda zamonaviy metallurgiya majmuasini barpo etish masalalari turdi.

12-avgust kuni esa CSCES International kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, Xitoy tomoni «O‘zmetkombinat» hududida 150 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini qurish, shuningdek, BESS energiya saqlash tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni bildirdi.

Yangi kelishuvlar kombinatning xomashyo va energetika bazasini mustahkamlash, ishlab chiqarish barqarorligini oshirish hamda yangi metallurgiya quvvatlarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing