Para velosportchilarimiz Osiyo chempionatida 10ta oltin, 3ta kumush va 6ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
Sport
Bugun qo‘shni Qozog‘istonning Olmaota shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati.
“Biz uchun ahamiyatlisi, qit'aning eng kuchli para velosportchilari qatnashgan musobaqada 19 nafar vakilimiz shohsupadan joy oldi. Yakunda terma jamoamiz Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Bu borada kuchli uchlikdan Tailand va Qozog'iston terma jamoalari joy oldi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 29-may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosport bo‘yicha “Tour of Bostonliq Ladies” turniri yakunlandi. Unda hamyurtimiz Yanina Kuskova gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi.

Powered by Froala Editor