Pentagon: NATO Rossiya bilan ziddiyatga intilmayapti

Dunyo

NATO davlatlari Vilnyusda alyansning sharqiy qanotiga 300 ming askar joylashtirish rejasini ma’qullagan.

Pentagon: NATO Rossiya bilan ziddiyatga intilmayapti
Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya bilan qurolli mojaro qo'zg'atishga harakat qilmoqchi emas, balki unga o'zini himoya qilishga tayyorligini isbotlashga umid qilmoqda. Bu haqda AQSh mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Selest Uollander ma’lum qildi.

U NATO Rossiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashmasdan turib, Qora dengizda xavfsizlikni qanday yaxshilashni rejalashtirayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, alyans Madrid va Vilnyus sammitlaridan soʻng, yetakchilarning qaror va koʻrsatmalariga amal qilish orqali bunga erishmoqchi ekanligini aytdi. NATO davlatlari Vilnyusda alyansning sharqiy qanotiga 300 ming askar joylashtirish rejasini ma’qullagan.

"Gap mudofaa qobiliyati haqida ketmoqda, ular NATO oʻzini himoya qila olishini va himoya qilishini koʻrsatish uchun moʻljallangan. Maqsad Rossiya bilan urush qoʻzgʻatish emas, oldini olishdir", deya ta’kidladi Pentagon rahbari yordamchisi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing