Pentagon rahbari AQShning NATOdagi vakilini ishdan oldi
Dunyo
Pentagon rahbari Pit Hegset NATO harbiy qo‘mitasidagi yagona ayol bo‘lgan AQShning NATOdagi harbiy vakili Shoshana Chetfieldni lavozimidan ozod etdi. Pentagon vakili Shon Parnellning 8-aprel seshanba kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Shoshana Chetfield rahbarlik qobiliyatiga ishonch yo‘qolgani sababli, ushbu qaror qabul qilingan.
Shoshana Chetfield AQSh Harbiy-dengiz kuchlaridagi kam sonli uch yulduzli (uch yulduzli general maqomidagi) ayol ofitserlardan biri edi.
Shoshana Chetfield shu tariqa AQSh prezidenti Donald Trampning Pentagondagi yirik kadrlar o‘zgarishlari doirasida ishdan olingan navbatdagi yuqori lavozimli harbiy bo‘ldi.
Shuningdek, u Tramp Oq Uyga qaytgach, ishdan olingan uchinchi ayol harbiy qo‘mondon hisoblanadi. U 2023-yildan beri AQShning NATOdagi harbiy vakili lavozimida ishlagan.
Fevral oyida Tramp hech qanday tushuntirishsiz Qo‘shma shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Charlz Braunni va yana besh nafar admiral va generalni lavozimidan ozod etgan edi. Bu holat AQShda yangi prezidentlar avvalgi ma’muriyat tomonidan tayinlangan yuqori harbiy lavozimdagilarni o‘z lavozimida qoldirish odatini buzgan edi.
Bundan tashqari, fevral oxirida Mudofaa vaziri Hegset AQSh Harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i admiral Liza Franketti, AQSh Harbiy-havo kuchlari shtabi rahbarining o‘rinbosari general Jim Slife va uch nafar yirik harbiy yuristni ham ishdan olgan. Tramp yanvar oyidagi inauguratsiyasidan keyingi kun AQSh sohil qo‘riqchilik xizmati qo‘mondoni admiral Linda Feganni ham lavozimidan ozod qilgan edi.

Powered by Froala Editor