Permdan Buxoroga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda

O'zbekiston

Perm o'lkasi (Rossiya) rasmiylari Permdan Buxoroga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hukumati raisining o'rinbosari, Prikamye sanoat va savdo vaziri Aleksey Chibisov "Perm biznesi kunlari" forumida ma'lum qildi.

Permdan Buxoroga to'g'ridan-to'g'ri reyslarni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda
"Hozir Perm–Buxoro to'g'ridan-to'g'ri parvozlar masalasini ishlab chiqishni boshlamoqdamiz", — dedi Chibisov. Vazirning qo'shimcha qilishicha, parvoz Perm o'lkasi va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida yo’lga qo’yiladi.

Eslatib o’tamiz, hozirda Permdan O'zbekistonga bitta to'g'ridan-to'g'ri reys bor. Samolyot Namangan shahriga har yakshanba kuni uchadi, deyiladi "Bolshoye Savino" aeroporti veb-saytida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing