Podiumdagi kutilmagan holat: sovrindorlarning medallari uziladi

Sport

Olimpiya-2026 Italiyada o‘tkazilayotgan o‘yinlarda medallar sifati sababli mojaro yuz berdi: sovrindorlarning medallari uzilib ketmoqda, ba’zi detallari esa tushib ketganda sinmoqda, bu esa g‘alaba quvonchini so‘ndirmoqda.

Podiumdagi kutilmagan holat: sovrindorlarning medallari uziladi
Bir nechta Olimpiya ishtirokchilari medallar sifatidan norozi ekanliklarini bildirdi. Amerika chang‘i sportchisi Brizi Jonson, Shvetsiya chang‘i sportchisi Ebba Anderson va nemis biatlonchisi Yustus Shtrelov medallarning lentalari uzilib ketgani yoki tushib ketganda detallari sinib ketganini ma’lum qildilar.

Olimpiya tashkilotchilari bosh operatsion direktori Andrea Franchizi muammo haqida xabardor ekanliklarini va nuqson sabablarini aniqlashga harakat qilishayotganini ta’kidladi. U shuningdek, sovrin topshirish marosimlari mukammal o‘tishi juda muhimligini qayd etdi, chunki bu sportchilar uchun eng esda qolarli lahzalardan biridir.

Medallar Italiya Davlat poligrafiya va tangalar institutida ishlab chiqarilgan. Tashkilotchilar vaziyatni tuzatish uchun choralar ko‘rishni va’da qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing