"Politsiya xatosi": Durov Parijdagi shov-shuvli hibs haqida

Dunyo

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi shov-shuvli hibsidan bir yil o‘tib, uni Fransiya politsiyasining xatosi deb atadi. U tergov hech qanday aybini tasdiqlamaganini aytib, bu voqeaning yagona oqibati Fransiyaning erkin mamlakat sifatidagi obro‘siga putur yetkazgani bo‘lganini ta’kidladi.

"Politsiya xatosi": Durov Parijdagi shov-shuvli hibs haqida
Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada hibsga olinishi haqida izoh berib, uni “politsiya xatosi” deb atadi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yil avgustigacha Fransiya hukumati kerakli huquqiy tartiblarni bajarmagan va Telegram’ga noto‘g‘ri rasmiy so‘rovlar yuborgan. “Ironiya shundaki, meni politsiyaning o‘z xatosi sabab hibsga olishdi”, — dedi u.

Durov qayd etishicha, oradan bir yil o‘tib ham tergov uning yoki Telegram’ning aybini isbotlay olmadi. “Bizning moderatsiya amaliyotlarimiz sohaga oid standartlarga mos va Telegram har doim Fransiyadan kelgan majburiy huquqiy so‘rovlarga javob bergan”, — dedi u.

Tadbirkor fikricha, bu voqeaning yagona oqibati Fransiyaning erkin davlat sifatidagi imidjiga putur yetkazish bo‘ldi. Shu bilan birga, u hali ham har 14 kunda Fransiyaga qaytishga majbur, ammo apellyatsiya sanasi hanuz belgilanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 24-avgust kuni Pavel Durov Le-Burje aeroportida noqonuniy tranzaksiyalar bilan shug‘ullangan guruh tarkibida platformani boshqarishda ishtirok etishda ayblanib hibsga olingan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing