Polshada O'zbekistonliklarga "yordam" ko'rsatilmoqda
O'zbekiston
O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatda bo'lib turgan yurtdoshlarimizning haqlarini ta'minlash yo'nalishida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Masalan, Varshavada oyog'idan jarohat olgan hamyurtimizga "LOT" aviakompaniyasi bilan muzokaralar o'tkazib, maxsus ruxsatnoma olingan va bemor uchun tibbiy yordam ko'rsatilgan.
Avtohalokatdan jabrlangan yana bir O'zbekistonlik fuqaroga vaqtincha turar joy taqdim etilib, unga tibbiy yordam ko'rsatilgan va aviabillet sotib olingan.
Shuningdek, uch nafar ishsiz yurtdoshimizni bandligi ta'minlangan.
Bundan tashqari, Polshada noqonuniy bo'lib turgan vatandoshlarimizni o'z vaqtida yurtdimizga qaytarish maqsadida Polshaning tegishli tashkilotlari bilan uchrashuvlar o'tkazilgan.
Elchixona o'z faoliyatida nafaqat vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, balki ularning qonuniy ishga joylashishi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ham amalga oshirmoqda.
"Personnel Service", "Santle HR", "Stafflink Europe" va boshqa kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi. Uchrashuvlar natijasida O'zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish va Polshada bo'lib turgan fuqarolarimizni ish bilan ta'minlash bo'yicha aniq kelishuvlarga erishildi, deya xabar bermoqda Dunyo AA.

Powered by Froala Editor