Poytaxtda muhokama: islom va ayollar huquqlari
O'zbekiston
Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro seminar davomida mutaxassislar islom qadriyatlarining ayollar huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni haqida fikr almashdi.
Poytaxtda islomiy qadriyatlarning ayollar huquqlarini ta’minlash va himoya qilishdagi roliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlari vakillari, diniy ulamolar, mahalla yetakchilari hamda Al-Azhar universiteti professorlari ishtirok etdi.
Tadbirda Orzigul Qozixonova ayollar huquqlarini ta’minlashda diniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligining muhimligini ta’kidladi.
Muhokamalar davomida islomning asosiy tamoyillari — adolat, inson qadr-qimmati va hurmat — jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarning asosi sifatida qayd etildi.
Seminarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, ularning huquqlarini ta’minlash, reproduktiv salomatlik, oilani rejalashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda samarali muloqot va maslahat mexanizmlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor