Prezident O‘zbekiston ta’lim tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlat rahbari ustozlarni kasb bayrami bilan tabriklab, ta’lim sifatini oshirish, darsliklarni yangilash va maktab bitiruvchilarini mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha navbatdagi vazifalarni belgiladi.
Prezident o‘qituvchini “mehr daryosi”, “ezgulik bulog‘i” va “ma’rifat quyoshi” deb atab, yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini alohida ta’kidladi. Shuningdek, ta’lim va ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan pedagoglar, tadbirkorlar va xorijiy hamkorlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmon imzolanganini ma’lum qildi.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun ma’rifatparvar Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish rejalashtirilmoqda.
So‘nggi o‘n yilda 1,8 million o‘rinli bog‘chalar va 1,5 million o‘rinli maktablar qurildi, 10 mingdan ziyod ta’lim muassasasi zamonaviylashtirildi. Prezident ta’limda infratuzilma bilan bir qatorda mazmun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Yangi avlod darsliklarini yaratish ishlari 2018-yilda boshlangan. Ularni tayyorlashda Finlyandiya va Singapur tajribasi o‘rganildi, joriy yilning o‘zida 324 ta darslik yangilandi. Bu jarayonda 400 nafardan ziyod mutaxassis qatnashdi. Prezident avvalgi taqdimotlarda ham yangi darsliklar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va bilimni amaliyotda qo‘llashiga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Yangi darsliklarda milliy qadriyatlar bilan birga Vatanga muhabbat, tabiat va suvni asrash, raqamli va moliyaviy savodxonlik, kelajak kasblariga qiziqish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga e’tibor qaratilmoqda. 2030-yilgacha 8–11-sinflar uchun darsliklarni yangilash yakunlanadi.
Joriy yilda o‘quvchilar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medal — 38 ta oltin, 82 ta kumush va 108 ta bronza — qo‘lga kiritdi. Maktab davridayoq xorijiy til va fan sertifikatlariga ega o‘quvchilar soni 100 mingga yetdi. Qariyb 5 ming bitiruvchi oliygohga kirishda eng yuqori ballni to‘pladi.
Besh yil ichida xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablardagi pedagoglar yetishmovchiligi uch barobar kamaydi. Hozir 40 ming muallim $1 mingdan, yana 1,5 ming nafari $2 mingdan yuqori maosh olmoqda. “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar g‘olibiga 616 million so‘mdan mukofot berildi.
Prezident maktab bitiruvchisi til va kasbni egallagan holda katta hayotga kirishi kerakligini ta’kidladi. Maktab direktorlariga o‘quvchilar qaysi til va kasbni o‘rganayotganiga jiddiy e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi. Yoshlarni maktabdanoq kasbga tayyorlash va ta’lim bosqichlari uzviyligini ta’minlash uchun komissiya tuziladi. Uch oy ichida yangi yechimlar ishlab chiqiladi.

Powered by Froala Editor