Prezident Shavkat Mirziyoyev charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida charm va ipak sanoatida mavjud imkoniyatlarni ishga solish, joylarda Sayxunobod tajribasi asosida aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda
Ma’lum qilinishicha, hozirda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari bilan birga tez fursatda mahallada yuzlab ish o‘rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o‘rta korxonalar kerakligi ta’kidlandi.

Bu borada eng katta zaxira mahalliy sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan uchta muhim soha – charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar borligi qayd etildi. Masalan, o‘tgan yili charmsanoat eksportida tayyor mahsulot ulushi atigi 30 foiz bo‘lgan.

Aytilgan muammoli masalalardan kelib chiqib “Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

Avvalroq, 26-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati ishtirokida “Charm-poyabzal mahsulotlari va ularni eksport qilishda yuzaga keladigan muammolar” mavzusida davra suhbati o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing