Prezident yangi tashabbusni e’lon qildi: “Biznesni 15 daqiqada boshlash”
O'zbekiston
2026-yildan O‘zbekistonda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy qilinadi. Endi tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tish, E-IMZO olish, bank hisobini ochish va kassa apparatini ro‘yxatdan o‘tkazishni bor-yo‘g‘i chorak soatda amalga oshira oladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yildan boshlab biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tizimi — “Biznesni 15 daqiqada boshlash” joriy etilishini ma’lum qildi.
Mazkur tizim doirasida barcha asosiy jarayonlar yagona elektron xizmatlar paketiga birlashtiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tadbirkor quyidagilarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi:
elektron raqamli imzo olish;
bankda hisob raqam ochish;
xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtirish;
kassa apparatini soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazish;
faoliyat yo‘nalishiga mas’ul davlat organlarini avtomatik xabardor qilish.
Natijada, biznesni yo‘lga qo‘yish muddati hozirgi 7 kundan atigi 15 daqiqaga qisqaradi.
Prezident ta’kidlashicha, mazkur islohot tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish va mamlakatda biznes faolligini keskin oshirishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor