Putin munozaralarda qatnashishdan bosh tortdi
Dunyo
Prezidentlikka nomzod Vladimir Putin Butunrossiya davlat teleradioeshittirish tashkilotlari kanallarida qo’shma targ'ibot-tashviqot tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Bu haqda 29-yanvar kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin saylovoldi munozaralarda qatnashmasligini aytganida ma’lum bo‘ldi.
2024-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidentligiga saylovlarda to‘rt nafar nomzod ishtirok etadi: Vladimir Putin, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan Nikolay Xaritonov, Liberal-demokratik partiyadan Leonid Slutskiy va “Yangi xalq” partiyasidan Vyacheslav Davankov. Qayd etilishicha, ushbu saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish 2026-yilgi siyosiy kampaniyaga ta'sir qilishi mumkin.

Powered by Froala Editor