Putin Rossiya prezidenti lavozimiga rasman kirishdi

Siyosat

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin rasman yangi olti yillik muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Putin Rossiya prezidenti lavozimiga rasman kirishdi
U Rossiya prezidenti qasamyodini qabul qilganidan so‘ng o‘z lavozimiga kirishdi.

Avvalroq Kremlda Rossiya prezidentining inauguratsiya marosimi boshlangan edi. Shundan so‘ng Putin Rossiya prezidentining qasamyodini o‘qib berdi.

Eslatib o‘tamiz, bu Putinning davlat rahbari sifatidagi beshinchi muddatdir. Uning dastlabki ikki muddati har biri to'rt yil davom etdi; Rossiya Konstitutsiyasiga kiritilgan o'zgartirishlardan so'ng, prezidentning vakolati 6 yilga uzaytirildi. Putin o‘zining birinchi olti yillik muddatini 2012-yildan, ikkinchisini esa 2018-yildan boshlab bajardi. 2020-yilda asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng u 2024-yilgi saylovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi va unda rekord natija – 87,28% ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Putinning amaldagi vakolati 2030-yil 7-mayda tugaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing