Qanday qilib bir odam, o’zidan keyin butun avlod mutaxassislarini qoldirdi

Maxsus loyiha

Shunday shaxlar borki, ularning olamdan o’tish ko'plab odamlarning qalbida bo'shlikni qoldirgan va shu bilan birga ular jamiyat uchun juda ko'p yaxshi narsalarni yarata olgan. Ularning mamlakat rivojiga qo'shgan hissasi bebahodir, ular o'z sohasidagi mutaxassislarning yangi avlodini yetishtiradilar, hayotlari davomida tanilishga intilmaydilar va shunchaki o’zlarining sevgan ishlari bilan mashg’ul bo’ladilar. Aslida, bunday shaxslar barcha mukofotlar va taqsinlarga loyiqdirlar.

Qanday qilib bir odam, o’zidan keyin butun avlod mutaxassislarini qoldirdi
Ilmiy doiralarda O'ktam Umurzakov iqtisodiy fanlar doktori, texnika fanlari nomzodi, taniqli professor, siyosiy doiralarda Respublika oliy ta'lim kengashi raisi va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida tanilganlar. Ular bilan shaxsan tanish bo'lganlar uchun O’ktam Pardayevich donolik, mehribonlik va kamtarlik timsoli edi.

Bugun O'ktam Pardayevich vafot etganlariga ikki yil bo'ldi va ishonch bilan aytishimiz mumkinki, ular asrlar davomida yod etiladigan shaxslardansdir. Chunki O’ktam Umurzakov mamlakat uchun qimmatli va yetuk mutaxassislar avlodini yetishtirgan.

O'ktam Pardaevich Umurzakov (1952-2021)

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing