Qirg'iziston prezidenti Farg‘ona viloyati hokimini mukofotladi
O'zbekiston
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Xayitboyevich Bozorov, Qirg‘izistonning “Dank” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning tegishli farmoni imzolandi.
Ordenni topshirish marosimida Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovni O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida savdo va iqtisodiy masalalariga qo‘shgan xizmatlari uchun taqdirlaganini qayd etgan.
Ma’lumot o'rnida, "Dank" ordeni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 avgustdagi 147-son farmoni bilan tasdiqlangan. U Qirg‘iziston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini va xalq farovonligini oshirishga, tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qilganlar; fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmat qilganlar; davlat, xayriya va jamoat faoliyati sohasidagi, qonun ustuvorligini, huquq-tartibotni, mamlakat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdagi xizmat qilganlar; milliy madaniyat, san’at, tarixni asrab-avaylash, ommalashtirish va rivojlantirishga hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shganlar hamda sportni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish bo‘yicha xizmat qilganlarga beriladi.
Eslatib o'tamiz, 13 dekabr kuni, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlagan edi.

Powered by Froala Editor