Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keldi

O'zbekiston

Toshkent shahri xalqaro aeroportida Japarov va uning rafiqasini Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva kutib oldi.

Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keldi
18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan O’zbekistonga keldi. Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga ko’ra, oliy darajada muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Sammit yakunida qator yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing